Quvaytda Islom Hamkorlik Tashkiloti yig’ilishi bo’lib o’tdi

Mazkur yig’ilishga Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog’lu ishtirok etdi.

296075
Quvaytda Islom Hamkorlik Tashkiloti yig’ilishi bo’lib o’tdi

Quvaytda Islom hamkorlik tashkilotining 42-Tashqi ishlar vazirlari yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Mazkur yig’ilishga Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog’lu ishtirok etdi.
Yig’ilishda notinch mintaqalarda tinchlik o’rnatish yo’llari, terrorizmga qarshi kurash, islomga qarshi salbiy ko’z qarash va ko’chmanchilarning muammolari kabi ko’plab mintaqaviy masala muhokama qilindi.
Yig’ilish doirasida bir qator rasmiy uchrashuvlarni amalga oshirgan Chavushog’lu, Turkiya Arakanlik musulmonlar uchun har qanday yordamga tayyor ekanini bildirdi.
Saudiya Arabiston va Eron Tashqi ishlar vazirlarining Islom hamkorlik tashkiloti qoshida uchrashganini aytib o’tgan Chavushog’lu, bunday yig’ilishlar aslida dialog uchun muhim fursat ekanini bildirdi.
Yaman masalasi ham tinchliksevar yo’llar bilan hal qilinishini bildirgan Chavushog’lu siyosiy yechim eng to’g’ri yo’l ekanini tilga oldi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar