Isroil G’azoga havodan hujum qildi

Nishonga olingan hudud atrofida joylashgan uylarda katta moddiy zarar yuzaga keldi.

291367
Isroil G’azoga havodan hujum qildi


Refah va Xon Yunus shaharlari bilan shimoldagi Bayt Lahiya hududida sodir qilingan bombali hujumda Islomiy jihod harakatiga tegishli harbiy markazlar va ekin maydoni nishonga olindi.
Nishonga olingan hudud atrofida joylashgan uylarda katta moddiy zarar yuzaga keldi.
Hujumdan so’ng, Isroil jangovar samolyotlari G’azo samolarida past masofada uchib, atrofni nazorat qildi.
Isroil qo’shini kecha G’azodan roketa otilganini ma’lum qilgach, mamlakat janubidagi Ashdod shahrida maktablarga dam berilgan edi.
Shuningdek, Isroil askarlari G’arbiy Sheriyada qidiruvda bo’lgan Falastinlik 23 arabni qo’lga oldi.
Isroil harbiylari G’arbiy Sheriya bilan Sharqiy Quddusga vaqti-vaqti bilan bosqin uyushtirib, turli bahonalar bilan Falastinlik arablarni qo’lga olmoqda.
Falastin Asirlar vazirligi hisobotiga ko’ra, hozirda Isroil qamoqxonalarida 6500dan ziyod Falastinlik mahbus mavjud.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar