Rossiyada yangi qonun kuchga kirdi

Rossiya rasmiylari yangi qonun asosida xorijlik nodavlat tashkilotlarini oldindan ogohlantirmasdanoq qora ro’yxatga olishi mumkin.

288325
Rossiyada yangi qonun kuchga kirdi


Rossiya Prezidenti Vladimir Putin xorijlik nodavlat tashkilotlari bilan bog’liq qonunni tasdiqladi.
Yangi qonun asosida rus vakillar xorijlik nodavlat tashkilotlarini oldindan ogohlantirmasdanoq qora ro’yxatga olishi mumkin.
Xorijlik nodavlat tashkilotlari ushbu qonun asosida mamlakatdagi konstitutsiyaviy tuzum va xavfsizlikka rahna solganlikda ayblanib faoliyatiga chek qo’yilishi mumkin.
Shuningdek, bu tashkilotlarning bankdagi hisoblari muzlatilishi, yaqin aloqada bo’lgan shaharlarga katta miqdorda pul jazosi berilishi va 6 yilgacha qamoq jazosiga mahkum qilinishini nazarda tutadi.
Bosh Prokuratura va Tashqi ishlar vazirligi birgalikda qaysi xorijlik nodavlat tashkilotlarni qora ro’yxatga olish to’g’risida qaror qabul qiladi.
Mazkur qonunni qo’llab quvvatlaganlarning fikricha, bu yo’l bilan mamlakatga tashqi davlatlarning aralashuvini oldini olish mumkin.
Lekin, Amerika Qo’shma Shtatlari, Yevropa Ittifoqi va Inson huquqlarini kuzatish tashkiloti kabi bir qator xalqaro tashkilotlar bundan shikoyatchi.
Qonunni havotir uyg’otuvchi deb baholagan Brussel, bu shaklda Rossiyada ifoda erkinliği cheklanishini bildirdi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar