Malayziyada ommaviy mozorlar topildi

Ushbu mozorlarga Arakanlik musulmonlarning ko’milgani tahmin qilinmoqda.

286972
Malayziyada ommaviy mozorlar topildi



Malayziyaning shimolidagi Perlis shtatida ommaviy mozor topildi.
Ushbu mozorga Arakanlik musulmonlarning ko’milgani tahmin qilinmoqda.
Malayziya Ichki ishlar vaziri Zahid Hamidiy Tailand chegarasi yaqinlarida inson tijorati bilan shug’ulangan 17 nafar mahfiy lager va bu lagerlarning yaqinlarida ommaviy mozorlar topilganini ma’lum qildi.
Lagerlar 5 yil oldin qurilgan bo’lishi mumkinligini bildirgan Hamidiy, ommaviy mozorlarda necha jasad borligi hali noma’lum ekanini tilga oldi.
1 may kuni Tailand janubida inson tijorati bilan shug’ullangan kishilar tomonidan qurilgan mahfiy lager topilgan edi.
Xavfsizlik xodimlarining u yerda olib borgan qidiruvi natijasida 32 nafar musulmonning jasadi topilgan edi.
BMT qochqinlar oliy komissariyati, janubi sharqiy Osiyoda dengizda tark etilgan qayiqlarda Arakanlik musulmonlar va Bangladeshlik muhojirlar borligini ma’lum qilar ekan, bugungacha mintaqa davlatlari tahminan 4 ming muhojirni o’limdan qutqarib qolganini bildirdi.
Myanmada kuchga kirgan yangi qonun asosida muhojir tangligining avj olishi tahmin qilinmoqda.
Yangi qonun oila tuzilishini rejalashtirish yo’li orqali aholi o’rtasida tug’ilish nisbatini kamaytirish bo’yicha mahalliy hukumatlarga mas’uliyat beradi.
Inson huquqlari tashkilotlarining fikricha, mazkur qonun Arakan musulmonlariga qarshi ishlab chiqilgan.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar