Yevropa Ittifoqi sobiq Sovet Ittifoqi davlatlari bilan uchrashdi

Yevropa Ittifoqi bilan sobiq Sovet Ittifoqi davlatlarining ushbu uchrashuvini Rossiya farqli baholamoqda.

283735
Yevropa Ittifoqi sobiq Sovet Ittifoqi davlatlari bilan uchrashdi

Yevropa Ittifoqi Latviya poytaxti Rigada, sobiq Sovet Ittifoqining 6 davlati bilan uchrashdi.

Ozarbayjon, Belarus, Ukraina, Armaniston, Gruziya va Moldova bilan bo’lgan munosabatlarini mustahkamlashga harakat qilgan Yevropa Ittifoqi sammitda “Sharq hamkorligi” loyihasini qo’lga olmoqda.

Barqaror va xavfsiz mintaqa tashkil etish niyatida 6 yil oldin tayyorlangan loyihaga qay darajada yordam berilishi va jarayonning qanday davom etishi hozircha noma’lum.

Rossiya, sammitda qo’lga olinayotgan ushbu loyihini “Yevropa Ittifoqining mintaqadagi o’z ta’sirini orttirish harakati” olaroq baholasa-da, Yevropa Ittifoqi, bu loyihaning, Rossiyaga qaratilmaganligini tilga olmoqda.

Germaniya Bosh vaziri Angela Merkel “Sharq hamkorligi” loyihasining, kengayish jarayonining bir bo’lagi emasligini ta’kidlar ekan, Ukraina inqirozining, atalgan davlatlar bilan bo’lgan hamkorligini har doimgidan yana-da muhimroq vaziyatga olib kelganligini aytdi.

Merkel, Rossiyaning Qrimni o’z tarkibiga qo’shib olishining va Ukrainaning sharqidagi to’qnashuvlarning Yevropadagi tinchlik muhitini buzganligini ham qo’shimchaladi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar