Ukrainada qo'lga olingan rus askarlar ochiq sud qilinadi

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, rus askarlar asir sifatida sudlanmaydi, balki tinch aholiga va Ukraina Qurolli kuchlariga nisbatan terror hujumiga tashabbus ko’rsatganlikda ayblanib xalqqa ochiq ravishda sud qilinadi.

281442
Ukrainada qo'lga olingan rus askarlar ochiq sud qilinadi

Ukraina hukumati rus isyonchilarga qarshi kurash ketayotgan sharqiy territoriyada ikki rus askari qo’lga olinishi bilan Rossiya hukumatiga rasmiy ogohlantiruv berdi.
Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Ukraina territoriyasida rus askarining borligi Minsk shartnomasiga va xalqaro huquqqa hilof ekanini ma’lum qildi.
Ukraina xavfsizlik xizmati davolanayotgan rus askarlarni jurnalistlarga ko’rsatdi.
Ma’lumotga ko’ra, rus askarlari 16 may kuni mamlakat sharqidagi Lugansk shahri yaqinlarida qo’lga olingan.
So’ngra, davolash uchun Kiyevdagi harbiy kasalxonaga olib kelingan.
Ukraina Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, qo’lga tushgan rus askarlari ustidan darhol jinoiy ish qo’zg’atilgan va tergov davom etmoqda.
Ushbu rus askarlar xalqqa ochiq ravishda sud qilinadi.
Rus askarlar asir sifatida sudlanmaydi, balki tinch aholiga va Ukraina Qurolli kuchlariga nisbatan terror hujumiga tashabbus ko’rsatganlikda ayblanib ochiq ravishda sud qilinadi.
Rossiya hukumati esa, askarlar bilan uchrashtirishni talab qildi.
Ukraina sharqida takror to’qnashuvlar avj oldi.
Luganskda yuz bergan otishmalarda 4 ukrain askar halok bo’lgan, 2 askar tan jarohati olgan.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar