Rossiya Ukraina munosabatlari

John Kerry Putin bilan uchrashuv o'tkazdi.

273194
Rossiya Ukraina munosabatlari

Rossiya hukumatining Ukrainadagi Rossiya tarafdorlariga qurol yuborganligi ilgari surildi. 

NATO bosh kotibi Jens Stoltenberg voqeani yaqindan kuzatganliklarini aytar ekan Rossiya buni rad etmoqda.

Rossiyaning Ukraina chegarasiga askar va og'ir qurollar yuborganligi xabar qilinmoqda.
Shuningdek Moskva hukumati Ukraina sharqidagi Rossiya tarafdorlariga harbiy ta'lim bergan.
NATO bosh kotibi Jens Stoltenberg uyushtirgan matbuot anjumanida “Rossiya yangi hujum uyishtirish uchun yetarli darajada kuchga ega lekin bu hukumatning asl maqsadini oldindan bilish qiyin” dedi.

Ushbu malumotlarni rad etgan Rossiya hukumati O'rta yer dengizida Xitoy bilan birgalikda harbiy amaliy mashg'ulot o'tkazmoqda.
Ushbu qo'shma harbiy mashg'ulotlar “Dengizda hamkorlik 2015” deb nomlanadi.
Rossiya mudofaa vaziri yordamchisi Anatoliy Antonov, mashg'ulotlardan bosh maqsad suvdagi xavfsizlikni taminlash uchun hamkorlikni orttirish ekanligini aytdi.
Ushbu mashg'ulotlarning biror davlatga qarshi uyıshtirilmaganligini takıdlagan Antonov avgustda Xitoy bilan yapon dengizıda ham harbiy mashg'ulot o'tkazishlari haqıda habar qildi.
Shuningdek AQSH tashqi ishlar vaziri John Kerryning Rossiyaga ketayotganligi malum qildi.
Ukraina inqirozidan keyin birinchi marotaba Rossiyaga tashrif buyurgan Kerry Sochida Vladmir Putin va Rossiya tashqi ishları vaziri Lavrov bilan uchrashadi.
Uchrashuv davomida ko'rib chiqilishi rejalashtirilgan masalalar orasida Ukraina, Eron va Suriyadagi vaziyat ham jol oldi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar