Nepal, yana bir bor zilzila bilan vayron bo’ldi

Nepalda, 25-aprel kuni yuz bergan 7.8 balli zilzilada 8 ming 150 dan ziyod kishi halok bo’lib, 17 ming 800 dan ziyod kishi esa jarohat olgan edi.

271471
Nepal, yana bir bor zilzila bilan vayron bo’ldi

Nepalda, joriy yilning 25-apreli kuni zilzila sodir bo’lgan edi. Osha zilzilaning fojiali oqibati olib kelgan jarohatlar hali davolanmay turib, bugun Nepal, yana bir bor zilzila bilan vayron bo’ldi.

Mamlakatda ro’y bergan 7.4 balli zilzilaning epitsentri Xitoy chegarasiga yaqin joyda joylashgan Namche Bozor mintaqasi ekanligi e’lon qilindi.

Amerika geologiya tadqiqot markazi, zilzilaning, yerning 19 kilometr ostida sodir bo’lganligini bildirdi. Zilzila Hindistonda ham his qilindi.

Xalqaro migratsiya qo’mitasi tomonidan ma’lum qilinishicha, Chautarada, bazi binolarning yiqilganligi, 4 kishining esa jon berganligi aniqlangan.

Hindistonning shimolidagi Bihar shtatida ham bir kishi halok bo’ldi.

Zilzila, poytaxt Katmanduda vahimaga yo’l ochar ekan xalq, qorquv bilan, o’zini ko’chalarga otdi.

Nepalda, 25-aprel kuni yuz bergan 7.8 balli zilzilada 8 ming 150dan ziyod kishi halok bo’lib, 17 ming 800 dan ziyod kishi esa jarohat olgan edi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar