Qobulda o’qituvchini o’ldirgan 4 ayblanuvchiga o’lim jazosi...

Afg’onistonning poytaxti Qobulda tuhmatga uchragan o'qituvchi ayol tumonat odam tomonidan kaltaklanib o'ldirilgan edi.

263956
Qobulda o’qituvchini o’ldirgan 4 ayblanuvchiga o’lim jazosi...

Afg’onistonning poytaxti Qobulda o’qituvchi ayolni o’ldirgan 4 ayblanuvchi o’lim jazosiga mahkum qilindi.
Jami 49 ayblanuvchi ustidan olib borilgan sudda 16 ayblanuvchi 8 yildan qamoq jazosiga mahkum qilindi.
Eslatma: Qobulda joriy yilning 19 mart kuni teologiya o’qituvchisi bo’lgan ayol masjid hovlisida tumor sotib o’tirgan ayollarga qarshi chiqqan holda, islom dinida bunday narsalarga o’rin yo’qligini tilga olgan.
So’ngra, tumor sotayotgan 4 ayol Qur’on kitobini yoqib yuborganini aytib o’qituvchiga tuhmat qilgan.
So’ngra, tumor sotib o’tirgan 4 ayol, o’qituvchining Qur’onni yoqib yuborganini hayqirgach, atrofiga tumonat odam to’plangan.
Tayoqlar bilan kaltaklangan o’qituvchiga o’t qo’yib yuborilgan.
Qobulda darhol voqeaga doir jinoiy ish qo’zg’atilgan.
Jinoiy ish yuzasidan yuritilgan sudda shanba kuni hukm o’qildi.
18 ayblanuvchi dalil yetarsizligi sababli ozod qilindi, 11 ayblanuvchiga berilgan jazo esa, yakshanba kuni ma’lum bo’ladi.
Sudlangan ayblanuvchilar ichida politsiya xodimlari ham bor. Ular jinoyatga ko’z yumganlikda ayblanmoqda.
Ushbu jinoyat nafaqat Qobul, balki butun dunyoda katta namoyishlarga sabab bo’lgan edi.


 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar