Germaniyada Ukraina masalasi muhokama qilindi

Germaniya, Rossiya, Fransiya va Ukraina Tashqi ishlar vazirlari Berlinda uchrashdi.

235326
Germaniyada Ukraina masalasi muhokama qilindi


Germaniya, Rossiya, Fransiya va Ukraina Tashqi ishlar vazirlari Ukrainada sulh bitimi ta’minlanishini nazarda tutgan Minsk shartnomasiga doir fikr almashish maqsadida Berlinda uchrashdi.
Vazirlar Ukrainadagi vaziyatdan havotirda ekanini bildirib, to’qnashuvlarning 12 fevralda imzolangan Minsk shartnomasiga qaramasdan davom etganini ma’lum qildi.
Ukraina sharqiga insonparvarlik yordamlarining qanday yetkazilishi, asirlarni almashtirish masalasi va saylovlarning o’tkazilishi uchun asosiy shartlarni ko’zdan kechirgan vazirlar yig’ilishdan so’ng mushtarak bildiruv tayyorladi.
Bildiruvda Ukrainada jang qilgan tomonlar sulh bitimiga to’la amal qilishga chaqirildi.
Ularga siyosiy muzokara o’tkazish tavsiya qilindi.
Germaniya Tashqi ishlar vaziri Frank Valter Steinmeier, “Ukraina masalasini hal qilish oson emas”-degan holda, siyosiy muzokara o’tkazishdan boshqa chora yo’qligini bildirdi.
Ukraina sharqida xavfsizlik kuchlari bilan rus isyonchilar o’rtasida bir yildan beri davom etgan to’qnashuvlarda 6 ming aholi nobud bo’ldi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar