Prezident Erdo’g’an Eronda...

Erondagi uchrashuvlarida, birinchi o’rinda Iroq va Suriya bo’lib oxirgi o’zgarishlar atroflicha ko’rib chiqilishi kutilmoqda.

229581
Prezident Erdo’g’an Eronda...

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an bir kunlik safar doirasida Eronda.
Erondagi uchrashuvlarida, birinchi o’rinda Iroq va Suriya bo’lib oxirgi o’zgarishlar atroflicha ko’rib chiqilishi kutilmoqda.
Prezident Erdog’an uchun, Prezidentlik saroyida rasmiy kutib olish marosimi uyushtirildi.
Otliq birliklar hamrohligida saroyga tashrif buyurgan Erdo’g’anni , Eron prezidenti Hasan Ruhoni kutib oldi.
Ikki o’lka milliy madhiyalari chalingandan keyin, Prezident Erdog’an, Marosim birligiga salom berdi.
Ikki lider keyinchalik o’zaro uchrashuv amalga oshirdi.
Prezident Erdo’g’an va kasbdoshi, Turkiya- Eron oliy saviyali hamkorlik kengashining ikkinchi yig’ilishiga ham ishtirok etadi.
Bitimlar imzolangandan keyin mushtarak matbuoti anjuman uyushtiradi.
Turkiyadan Eronga prezident saviyasida 4 yildan keyin amalga safar uyushtirildi. Erdo’g’an, Eronning dini rahbari Ayatulloh Ali Hamanay bilan ham uchrashuv amalga oshiradi.
Uchrashuvda, Turkiya- Eron o’rtasidagi o’zaro aloqalar atroflicha ko’rib chiqadi.
Prezident Erdo’g’anga Eron safarida, Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu, Iqitisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi, Bojxona va Savdo vaziri Nurettin Janikli, Energiya va Tabiiy Manbalar Vazir Taner Yıldız, Madaniyat va Turizm vaziri O’mer Chelik bilan Taraqqiyot Vaziri Jevdet Yilmaz hamrohlik qilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar