Prokuror Kiraz uchun o'lim farmoni bergan İtaliyada...

Jumhuriyat Prokurori Mehmet Selim Kiraz uchun o'lim farmoni berganlardan birining İtaliyada qo'lga olingani bildirildi.

228598
Prokuror Kiraz uchun o'lim farmoni bergan İtaliyada...

O'tgan hafta hujum natijasida hayotini yuqotgan Jumhuriyat Prokurori Mehmet Selim Kiraz uchun o'lim farmoni berganlardan birining İtaliyada qo'lga olingani bildirildi.

İtaliyaning Mestre hududida, terrorga qarshi kurash bo'limi Digos tomonidan o'tkazilgan amaliyotda qo'lga olingan tashkilot a'zosining ertaga sudga chiqishi kutilmoqda.

İkki, yildan beri İnterpol tomonidan qidirilgan terror tashkiloti a'zosining, prokuror Kiraz hayotdan ko'z yumgan hujum uchun buyruq berganlardan biri bo'lgani bildirilmoqda.

Amaliyot oldin Turk vakillarining İtaliya xavfsizlik kuchlarini ogohlantirgandan keyin oilasi bilan dam olgan paytda qo'lga olingani ma'lum bo'ldi.

Avstriya hujjati bilan qo'lga tushgan 45 yoshdagi terror tashkiloti DHKP-C azosining 1994 yilidan beri Turkiyada qator hujumlarga aralashgani ifoda etilmoqda.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar