Afg’onistonda hujum uyushtirildi

Ushbu hujum oqibatida jami 6 kishi jon berdi.

224994
Afg’onistonda hujum uyushtirildi

Afg’onistonning shimolida joylashgan Sari-Pul viloyatida Tolibon harakati bilan xavfsizlik kuchlari ortasida to’qnashuv so’dir bo’ldi. Oqibatida 6 nafar kishi halok bo’ldi.

To’qnashuv Tolibon harakatining Sari-Pul viloyatidagi militisya xizmati binosiga hujum qilishi natijasida boshlandi. Voqea chog’ida 3 nafar militsiya xodimi jon berdi. Tolibon harakatidan ham 3 nafar kishi halok bo’lar ekan 4 nafari jarohat oldi.

Uch kun oldin esa Afg’onistonning shimolidagi Kunduz va Faryab viloyatlarida Tolibon harakati bilan xavfsizlik kuchlari ortasida to’qnashuv so’dir bo’lib 20 nafar kishi halok bo’lgan edi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar