Yamanda Husiylarga qarshi harbiy amaliyot ketmoqda

Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Bahreyn, Iordaniya, Sudan, Quvayt, Misr va Marokash hamkorligida amalga oshirilgan harbiy amaliyotlarga jami 100 nafar jangovar samolyot qatnashdi.

282654
Yamanda Husiylarga qarshi harbiy amaliyot ketmoqda


Yaman Prezidenti Mansur Hadining yordam chaqirig’ini inobatga olgan Saudiya Arabiston Yamanda harbiy amaliyotlarni boshlab yubordi.
Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Bahreyn, Iordaniya, Sudan, Quvayt, Misr va Marokash hamkorligida amalga oshirilgan harbiy amaliyotlarga jami 100 nafar jangovar samolyot qatnashdi.
Mamlakatda harbiy amaliyotlar tinch aholiga ham zarar bermoqda.
Ma’lumotga ko’ra, jangovar samolyotlarning havo hujumlarida 25 kishi nobud bo’ldi.
Husiy qabilasining nazoratida bo’lgan poytaxt Sana havodan bombardimon qilinmoqda.
Husiylar esa, jangovar samolyotlarga hujumni qaytaruvchi qurollar bilan qarshilik ko’rsatmoqda.
Husiy qabilasiga tegishli Al-Masira televideniyesi sog’liqni saqlash mutahassislarining xizmatga tayyor turishi haqida ogohlantirdi.
Amerika Prezidenti Barack Obama tomonidan ham lojistik jihatdan qo’llab quvvatlangan harbiy amaliyotlar Eron tomonidan qoralandi.
Eron Saudiya Arabiston boshchiligida Yamanda amalga oshirilayotgan harbiy amaliyotlarni qoraladi.
Eron Tashqi ishlar vazirligi ushbu harbiy amaliyotlarning darhol to’xtatilishini talab qildi.
Eron shiya mazhabidan bo’lgan Husiylarga moddiy yordam ko’rsatgani va jangchilarga harbiy ta’lim bergani haqidagi xabarlarga e’tiroz bildirdi.
Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Yamandagi xavfsizlik va davlat osoyishtaligi tahlikada bo’lgani sababli turklarni Yamanga sayohat qilmaslikka chaqirdi.
Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Yamandagi turklarning darhol mamlakatga qaytishini talab qildi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar