NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg Kanadada…

Stoltenberg safari chog’ida Kanada Bosh vaziri Stephen Joseph Harper, Tashqi ishlar vaziri Rob Nicholson va Milliy mudofaa vaziri Jason Kenney bilan uchrashdi.

279038
NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg Kanadada…


NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg Kanadaga rasmiy ziyorat amalga oshirdi.
Stoltenberg safari chog’ida Kanada Bosh vaziri Stephen Joseph Harper, Tashqi ishlar vaziri Rob Nicholson va Milliy mudofaa vaziri Jason Kenney bilan uchrashdi.
Bo’lib o’tgan uchrashuvlarda, Ukraina masalasi bilan DAISh terror tashkilotiga qarshi kurash jarayoni muhokama qilindi.
Bosh kotib Jens Stoltenberg NATOning Ukrainadagi rus askarining faoliyatiga bo’lgan e’tirozi, ittifoqdosh davlatlarning oldidagi asosiy muammo va kamchiliklarga e’tibor qaratdi.
Kanada rasmiylari Amerika boshchiligida DAIShga qarshi kurash maqsadida tashkil qilingan xalqaro koalitsiyaga qo’shgan hissalarini anglatdi.
Qolaversa, Kanada Bosh vaziri Stephen Joseph Harper DAIShga qarshi kurashgan koalitsiya kuchlari tarkibidagi Kanada askarining xizmat muddatini uzaytirishga doir bu hafta parlamentga ma’lumot beradi.
Iroqda xizmat o’tagan Kanada askarlarining 6 oylik xizmat muddati bu oy o’z nihoyasiga yetadi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar