Ukraina sharqiga avtonomiya berilishi talab qilinmoqda

Ukraina hukumati Minsk shartnomasiga binoan, rus isyonchilari joylashgan hududlarga avtonomiya berilishini nazarda tutgan bir qator qonun taklifini parlamentga topshirdi.

268113
Ukraina sharqiga avtonomiya berilishi talab qilinmoqda

O’tgan oy Ukraina sharqida kuchga kirgan sulh bitimiga qaramasdan, vaqti-vaqti bilan otishmalar davom etmoqda.
Aeroport yaqinlaridagi qishloqlar go’yo harobaga aylangan.
Ukraina qo’shini tomonidan qamal qilingan sharqiy hududda oziq-ovqat tanqisligi yuzaga kelgan.
Askarlar oziq-ovqat mahsuloti ortilgan yuk mashinalarning shaharga kirishiga ruxsat bermayotir.
Qishloq aholisi harobalar ichida tirikchiligini davom ettirar ekan, rus isyonchilar bilan Ukraina askarlari bir-birlarini sulh bitimini oyoq osti qilganlikda ayblamoqda.
Shahar markazida ham vaziyat achinarli ahvolda.
Savdo rastalari deyarli bo’m-bo’sh. Ba’zi oziq-ovqat mahsulotlarining narxi 2 barobarga qimmatlab ketgan.
Ukraina hukumati Minsk shartnomasiga binoan, rus isyonchilari joylashgan hududlarga avtonomiya berilishini nazarda tutgan bir qator qonun taklifini parlamentga topshirdi.
Mazkur qonun taklifi Donetsk va Lugansk shaharlariga avtonomiya berilishi, ushbu hududlarda rus tilining chuqur o’rgatilishiga ahamiyat berilishi va Rossiya bilan hamkorlikning yana rivojlantirilishi nazarda tutilmoqda.
Qonun taklifiga ko’ra, butun qurolli guruhlar hududni tark etadi va hududga Ukraina matbuot organlarining kirishiga ruxsat beriladi.
Rossiya kelgusi hafta ovozga qo’yilishi kutilgan mazkur qonun taklifini Donetsk va Lugansk mahalliy hukumatlari bilan maslahatlashmasdan tayyorlangani uchun tanqid qildi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar