Ruminiya Respublikasi Moliya vaziri iste’fo berdi

Ruminiya Respublikasi Moliya vaziri Darius Valcov, Sud tomonidan, pora olganlikda ayblanmoqda.

265678
Ruminiya Respublikasi Moliya vaziri iste’fo berdi

Sud, Ruminiya Respublikasi Moliya vaziri Darius Valcovni pora olganlikda ayblab, unga qarshi tergov ochdi. Moliya vaziri Darius Valkov esa Sud da’vosini asossiz deb topsa-da, o’z vazifasidan iste’fo berishga majbur bo’ldi.

Sud tomonidan ma’lum qilinishicha Valcov, 2010-2013-yillar orasida Slatina shahrining munitsipalitet raisi edi. Osha davrda, kim oshdi savdolari evaziga bir ishbilarmondan 2 million yevro pora olgan. Shuning uchun, o’tgan juma kuni, tergov ishi ochilgan.

Ushbu da’voning asossiz ekanligi haqida o’zini himoya qilgan Valcov, kecha Prezidenti Klaus Lohannisning talabiga binoan Bosh vazir Viktor Pontaga iste’fo arizasini berdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar