İslandiya, Yevropa İttifoqi a'zolik jarayonidan voz kechdi...

İslandiya, 6 yil burun Yevropa İttifoqiga bergan a'zolik murojaatini qaytarib oldi.

261882
İslandiya, Yevropa İttifoqi a'zolik jarayonidan voz kechdi...

İslandiya, 6 yil burun Yevropa İttifoqiga bergan a'zolik murojaatini qaytarib oldi.

İslandiya tashqi ishlar vaziri Gunnar Sveinsson, hukumatning bu qarorini, o'lkasni ziyorat qilgan Yevropa İttifoqi davr rahbari Latviya tashqi ishlar vaziri Edgars Rinkevicsga bir maktub bilan rasmiy ravishda bildirdi.

Tashqi shlar vazirligidan berilgan bayonotda, "Hukumat, İslandiyani endi nomzod o'lka sifatida ko'rmaydi va bundan keyin Yevropa İttifoqidan ham bu qarorga ko'ra harakat qilishini talab qiladi" deb bildirildi.

A'zolik uchun 2009 yili 16 İyul kuni murojaat etgan İslandiya, ishtirok etish muzokaralarini bir yildan keyin boshlatgan edi.

2013 yilgi saylovlardan beri Yevropa İttifoqiga qarshi chiqgan Erkinik Partiyasi va İlg'orlash Partiyasining kualitsiya tashkil etib vazifaga kelishi bilan vaziyat o'zgardi.

Brusselning, 2013 yili 13 sentabr kuni a'zolik muzokaralarini to'xtatgan İslandiyani bu qaroridan qaytarish g'ayratlari samara bermadi.

Yevropa Erkin Tijorat İttifoqi, Yevropa İqtisodiyot Maydoni va Schengen hududida bo'lgan İslandiya, Yevropa İttioqi bilan muzokaralarda asosiy kelishmovsizligi baliqchilik mavzusi edi.

Haddan tashqari baliq ovlash bilana ayblangan İslandiya, qo'yilgan chegaralarni qabul qilmadi.

Shimoliy Tinch Okeani va Shimoliy Muz Dengizi o'rtasida 320 ming aholiga ega orol davlati bo'lgan İslandiya, Yevropa İttifoqining qutubdagi strategiyasi jihatidan katta ahamiyatga ega.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar