Avstriyadagi islom qonuni o’zgartirildi

Mazkur qonun Avstriyada yashagan musulmonlarning diniy e’tiqod va amallarini bajo keltirish erkinligini cheklaydi.

254887
Avstriyadagi islom qonuni o’zgartirildi


İslomiy tashkilotlar mazkur qonunni bekor qilish uchun huquqiy yo’llarga murojaat qilishga tayyorlanmoqda.
Avstriya hukumati esa, ushbu qonunni bekor qilmasligini va aslo ortga qaytmasligini ma’lum qildi.
İslomni Avstriyaning rasmiy dini sifatida qabul qilgan avvalgi qonun, 1912 yili Avstriya Mojariston İmperatori Franz Joseph tomonidan amalga oshirilgan edi.
Mutahassislarning fikricha, Avstriya davlati mazkur yangi qonun bilan diniy e’tiqod erkinligi jihatidan yuz yil orqaga ketmoqda.
Mazkur qonun asosida islomiy tashkilotlarning xorijda qo’llab quvvatlanishi man qilindi.
Turkiyadan Avstriyaga jo’natilgan 65 imom esa, qonun kuchga kirgandan bir yil o’tgach, Turkiyaga qaytadi.
Achinarlisi shuki, mamlakatdagi boshqa dinlar bu qonundan ozod bo’lgan.
Qolaversa, mazkur qonun islomiy jamoatlarning tan olinishi uchun Vazirlar kengashiga havola qilinishini taqazo qiladi.
Turkiyaning Venadagi din xizmatlari maslahatchisi Fatih Mehmet Karadashning aytishicha, ushbu qonunning tanqid qilingan moddasi shuki, musulmonlarning qonunbuzarlikka moyil insonlar sifatida ko’rilishidir.

 



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar