Ukraina Qurolli kuchlari tarkibidagi askar soni ko'paytiriladi

Ukraina Parlamenti davlat qurolli kuchlari tarkibidagi askar sonini 250 mingga chiqarilishiga doir qonun taklifini bir ovozdan qabul qildi.

250489
Ukraina Qurolli kuchlari tarkibidagi askar soni ko'paytiriladi


Ukraina Parlamenti Davlat Qurolli kuchlari tarkibidagi harbiy xodim sonini 250 mingga chiqarilishiga doir qonun taklifini qabul qildi.
Parlamentda ovozga qo’yilgan qonun taklifi 270 deputat tomonidan bir ovozdan qabul qilindi.
Mazkur qonunga ko’ra, Davlat Qurolli kuchlari tarkibidagi harbiy xodim soni 35% ko’paytirilib, jami 250 mingga chiqariladi va bulardan 204 mingi askarlardan tashkil topadi.
Ovozga qo’yish oldidan parlamentda so’zga chiqqan Ukraina Mudofaa vazir o’rinbosari Petr Mehed ushbu qonunning mamlakatda e’lon qilingan qisman safarbarlik doirasida tayyorlanganini bildirdi.
Uning aytishicha, sharqdagi terrorizmga qarshi kurash jarayonining yakunlanishi ortidan mamlakatda harbiy va siyosiy vaziyatga ko’ra, askar soni takror kamaytirilishi mumkin.
Askar sonining ortishi bilan davlat mustaqilligi, tuproq butunligi va chegaralarning xavfsizligini ta’minlash maqsad qilinmoqda.
Ukraina Qurolli kuchlari tarkibidagi harbiy xodim soni 2012 yili 184 mingga chiqarilgan edi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar