Ukraina sharqida joylashgan ma’dan konida fojia ro'y berdi

Ma'dan konida sodir bo'lgan kuchli portlash oqibatida 32 ishchi hayotdan ko’z yumdi.

247493
Ukraina sharqida joylashgan ma’dan konida fojia ro'y berdi

Ukraina sharqida joylashgan Donetsk shahridagi “Zasyadka” nomli ko’mir konida kuchli portlash sodir bo’ldi.
Portlash oqibatida 32 ishchi hayotdan ko’z yumdi.
Majlis raisi Vladimir Groysmanning aytishicha, rus isyonchilar nazoratida bo’lgan Donetskdagi ko’mir konida mahalliy soat 04:15da metan gazining zichlashishi oqibatida kuchli portlash sodir bo’lgan.
Portlash paytida ko’mir konida 70dan ziyod ishchi bo’lganini ma’lum qilgan Groysman, bulardan 32 ishchining nobud bo’lganini bildirdi.
Lekin, Donetsk xokimiyati fojia paytida ko’mir konida 230 ishchi borligini, 157 ishchi qutqarilganini ma’lum qilgan.
Qutqaruv mutahassislari konda portlash ro’y bergan maydonga yetib borish uchun konni gazdan tozalashga harakat qilmoqda.
2007 yili ham ayni ma’dan konida ro’y bergan fojiada 106 ishchi nobud bo’lgan edi.
1999 yildan beri “Zasyadka” nomli ko’mir konida vaqti-vaqti bilan sodir bo’lgan turli fojialarda jami 230 ishchi nobud bo’lgan.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar