Afg'onistonda bombali hujum uyushtirildi

Hujum uyushtirilgan mintaqada Turkiya, Germaniya va Eron elchixonalari o’rin olgan...

238234
Afg'onistonda bombali hujum uyushtirildi

Afg’oniston poytaxti Qobulda bomba yuklangan mashinada bomba hujumi uyushtirildi.

Turkiya Respublikasi Bosh shtab boshlig’i tomonidan berilgan ma’lumotga ko’ra, hujum NATOning Afg’onistondagi Yuqori martabali fuqaroviy vakili elchi İsmoil Aramazning rasmiy mashinasiga qaratilgan. Mashinaning portlashi natijasida Turk qurolli kuchlaridan bir kishi halok bo’lar ekan, yana bir kishi jarohat olgan.

Jarohat olgan kishi kasalxonaga yotkizildi.

Halok bo’lgan va jarohat olgan harbiylarning kimliği haqida hali izohat berilgani yo’q.

Hujumning javobgarchiligini Tolibon o’z zimmasiga olar ekan maqsad turklar emas amerikaliklar ekanligini da’vo qildi. Tashkilot voizi Zabihullah Mujahid, “Qobuldagi Turk elchixonasi o’rin olgan ko’chadan o’tayotgan AQSh mashinasiga qaratilgan edi” dedi.

Voqea chog’ida yo’ldan o’tayotgan bir nafar Afg’oniston fuqarosining ham halok bo’lganligi ma’lum qilindi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar