Eron Basra Ko’rfazida harbiy tadbiqot o’tkazmoqda

Eron Qurolli kuchlari ma'lum qilishicha, 3 kun davom etadigan tadbiqotda suv osti jangovar vositalari bilan 20 ta yangi roketa tajribadan o’tkaziladi.

237788
Eron Basra Ko’rfazida harbiy tadbiqot o’tkazmoqda

Eron Basra Ko’rfazi va Hurmuz Bo’g’azida harbiy tadbiqot o’tkazmoqda.
Eron Qurolli kuchlarining bayonotiga ko’ra, mazkur tadbiqot mintaqaga bostirib kirishga uringan dushmanlarni qo’rqitish maqsadida o’tkazilmoqda.
Tadbiqotga balistik roketalar bilan bir qatorda, 500dan ortiq jangovar hujum kemalari qatnashmoqda.
Tadbiqotda Amerikaning Nimitz sinfiga kiruvchi samolyot kemasining ayni hajmdagi modeli nishon sifatida qo’llanilmoqda.
Dushman ro’lini o’ynagan ushbu kema, Cruise roketalari va jangovar hujum kemalari yordamida 15 daqiqa ichida suvga cho’kdirildi.
Eron Qurolli kuchlari tarkibidagi quruqlik qo’shini tadbiqotning quruqlikda qismini Basra ko’rfazi sohillarida davom ettiradi.
3 kun davom etadigan tadbiqotda suv osti jangovar vositalari bilan 20 ta yangi roketa tajribadan o’tkaziladi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar