Amerika Qo’shma Shtatlarida yuqumli bakteriya xavfi...

Kaliforniyadagi bir kasalxonada 7 bemorda kuzatilgan antibiotiklarga qarshi chidamli bakteriya 2 bemorning hayotiga zomin bo’lgan.

224326
Amerika Qo’shma Shtatlarida yuqumli bakteriya xavfi...

Amerika Qo’shma Shtatlarida yuqumli bakteriya aholini havotirga solmoqda.
Kaliforniyadagi bir kasalxonada 7 bemorda kuzatilgan antibiotiklarga qarshi chidamli bakteriya 2 bemorning hayotiga zomin bo’lgan.
Kasalxonada “endoskop” ya’ni optik asbob yordamida muolaja qilingan bemorlardan 7 nafarida antibiotiklarga qarshi chidamli bo’lgan bakteriya (Carbapenem-Resistant Enterobacteriaceae) borligi aniqlangani, bemorlardan 2 nafari ushbu bakteriya tufayli olamdan o’tgani ma’lum qilindi.
“Ronald Reagan UCLA” Tibbiyot markazi ma’lum qilishicha, oktyabr va yanvar oylarida optik jihoz bilan muolaja qilingan 179 bemor foydalangan jihozlar tufayli bakteriya yuqtirib olgan.
Ushbu bemorlardan jami 7 nafarida bakteriya borligi kuzatilgan, bulardan 2 nafari olamdan o’tgan.
Kasalxona rahbariyatining fikricha, ushbu bakteriya bemorlarning vafotini qulaylashtirgan omil bo’lib hisoblanadi.
Sietl shahridagi Virginiya Mason Tibbiyot markazi ham o’tgan oy yana endoskopiya muolajasi paytida 35 bemorga antibiotiklarga qarshi chidamli bakteriya yuqqanini, ushbu bemorlardan 11 nafari hayotdan ko’z yumganini ma’lum qilgan edi.
Ushbu bemorlarning vafotida bakteriyaning ro’li bor yoki yo’qligi hali noma’lum.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar