Nigeriyada terror balosi insonlarni sargardon qildi

Boko Haram terror tashkiloti jangarilari mamlakat shimolidagi Borno shtatida bir shaharni ishg’ol qilgan.

222517
Nigeriyada terror balosi insonlarni sargardon qildi

Nigeriyada Boko Haram terror tashkiloti o’z kuchini ko’rsatar ekan, unga qarshi harbiy amaliyotlar davom etmoqda.
Nigeriya Qurolli kuchlari Boko Haram nazoratida bo’lgan 11 shahar va qishloqni qo’lga olish uchun harbiy amaliyot o’tkazdi.
Bir hafta davom etgan havo hujumlarida 300 dan ziyod Boko Haram jangarisi o’ldirilgan.
Harbiy amaliyotlarda Boko Haram terror tashkilotiga tegishli ko’plab qurol-aslaha musodara qilingan.
Boko Haram yetakchisi Abubakir Shekau Nigeriyada o’tkaziladigan umumiy saylovlar arafasida hujum sodir qilishi to’g’risida ogohlantirgan.
Qolaversa, mamlakatda terror jinoyatlarining avj olganiga doir turli ma’lumotlar kelmoqda.
Biu shahrida terroristlar tomonidan sodir qilingan bombali hujumlarda 36 kishi nobud bo’lgan.
Ushbu hujum asosan shahardagi tekshiruv markaziga nisbatan sodir qilingan.
Harbiylarning jangarilarga nisbatan qarshilik ko’rsatishi oqibatida ro’y bergan otishmalarda 20 kishi tan jarohati olgan.
Nigeriyaning shimoli sharqida joylashgan Potiskum shahrida bir restoranda yonidagi bombalarni portlatgan terrorist 4 kishining hayotiga zomin bo’lgan.
Ma’lumotlarga ko’ra, Boko Haram jangarilari mamlakat shimolidagi Borno shtatida bir shaharni ishg’ol qilgan.
Jangarilar shahardagi uylarni talon-taroj qilgan va davlat idoralarini yoqib yuborgan.
Shahar aholisining aksariyati hududdan qochar ekan, keksalar va betob insonlarning oqibati no’malum.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar