Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Mojaristonga tashrif buyuradi

Mojaristonning poytaxti Budapeshtda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning tashrifi oldidan Putinni qoralash maqsadida namoyish o'tkazildi.

220702
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Mojaristonga tashrif buyuradi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning tashrifi oldidan Mojaristonda ko’plab namoyishchi Putinni qoraladi.
Poytaxt Budapeshtdagi Putinga qarshi namoyishga tahminan 2000 aholi qatnashdi.
Putinga bas! Yevropaga oq yo’l!” shiori bilan chiqqan namoyishchilar Mojariston Bosh vaziri Viktor Orbanni ham Putinning Ukrainadagi ishg’olchi siyosatiga qaramasdan mamlakatga taklif qilgani sababli tanqid qildilar.
Namoyishchilar Mojaristonning g’arbga qarashli ekanini ramziy ma’noda ko’rsatish maqsadida shaharda sharqdan g’arb tomonga yurib bordilar.
Hukumatlar kundan kunga Yevropadan uzoqlashib, Rossiyaga yaqinlashganini ilgari surgan namoyishchilar Rossiya bilan Mojaristondagi mavjud atom energiya stansiyasining hajmini orttirish va boshqa har qanday sohada shartnoma tuzmaslikni talab qildilar.
Bunga qaramasdan, Putinning Mojaristonga tashrifi chog’ida energiya masalasi muhokama qilinishi kutilmoqda.
Siyosiy mutahassislarning fikricha, Putin Mojariston ziyorati bilan Ukraina tangligiga qaramasdan, Yevropa İttifoqi va NATO tarkibida hamon do’stlari borligini butun dunyoga ko’rsatmoqchi… 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar