Xorvatiyaning dastlabki ayol prezidenti qasamyod qildi

Joriy yilning 19 fevral kuni rasman prezidentlik lavozimini qabul qilib oladigan 46 yoshdagi Kolinda Grabar Kitarovich xizmatni 2020 yilgacha davom ettiradi.

219491
Xorvatiyaning dastlabki ayol prezidenti qasamyod qildi


Xorvatiyada xalq tomonidan prezident etib saylangan dastlabki ayol prezident Kolinda Grabar Kitarovich qasamyod qildi.
11 yanvar kuni bo’lib o’tgan prezidentlik saylovining 2-bosqichida Kitarovich 51% ovoz olib prezident etib saylangani munosabati bilan poytaxt Zagrebda qasamyod marosimi o’tkazildi.
Kitarovich marosimda so’zlagan nutqida, “İdeologiyasi qanday bo’lishidan qat’iy nazar butun hristiyanlarning prezidenti bo’laman”-dedi.
Tashqi siyosat bo’yicha Yevropa İttifoqi, NATO va qo’shni davlatlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashtirishini tilga olgan Kitarovich, janubi sharqiy Yevropa davlatlarining ham Yevropa İttifoqi tarkibiga qo’shilishini qo’llab quvvatlashini bildirdi.
So’ngra qasamyod qilgan Kitarovichga ramziy ma’noda prezidentlik nishoni taqdim etildi.
Marosimga 9 davlatning prezidenti va bir davlatning bosh vaziri ishtirok etdi.
19 fevral kuni rasman lavozimni qabul qilib oladigan 46 yoshdagi Kitarovich xizmatni 2020 yilgacha davom ettiradi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar