DAİSh terror tashkilotiga qarshi havo hujumlari davom etmoqda

İroq Qurolli kuchlari ma’lum qilishicha, poytaxt Bog’dod va Enbar viloyatlarida olib borilgan harbiy amaliyotlarda DAİSh terror tashkiloti safidagi 78 jangari o’ldirilgan.

219173
DAİSh terror tashkilotiga qarshi havo hujumlari davom etmoqda

Suriya va İroqda o’z kuchini ko’rsatgan DAİSh terror tashkilotiga qarshi havo hujumlari davom etmoqda.
Amerika Qo’shma Shtatlari boshchiligidagi koalitsiya kuchlari İroqda 9, Suriyada esa, 4 manzilni havodan portlatdi.
İroqda portlatilgan hududlardan biri DAİSh terror tashkilotining mashg’ulot markazi ekani aytilmoqda.
Rakka viloyati yaqinlarida esa, tank va boshpanalar joylashgan hudud portlatilgan.
İroq Qurolli kuchlari ma’lum qilishicha, poytaxt Bog’dod va Enbar viloyatlarida olib borilgan harbiy amaliyotlarda ushbu terror tashkiloti safidagi 78 jangari o’ldirilgan.
Terroristlarga tegishli qurol va harbiy vositalar yo’q qilingan.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar