Yevropa İttifoqiga a’zo davlat rahbarlari Brusselda to’plandi

Bo’lib o’tgan yig’ilishda Ukrainaga moliyaviy yordam o’tkazish va terrorizmga qarshi kurash doirasida Shengen chegaralarida olinadigan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

217341
Yevropa İttifoqiga a’zo davlat rahbarlari Brusselda to’plandi

Yevropa İttifoqiga a’zo davlat rahbarlari Brusselda to’plandi.
Bo’lib o’tgan yig’ilishda Ukrainaga moliyaviy yordam o’tkazish va terrorizmga qarshi kurash doirasida Shengen chegaralarida olinadigan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Matbuotda yoritilgan mushtarak bildiruvga ko’ra, Shengen territoriyasida olinadigan yangi chora-tadbirlar xalqaro terrorizmga qarshi kurash uchun zarur.
Mazkur yangi qoida-qonun asosida chegara xavfsizlik xodimlari yo’lovchilarga doir barcha xususlarni nazorat qilish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Lekin, bu Yevropa İttifoqi tarkibida o’zaro tortishuvlarga sabab bo’lmoqda.
Zero, nazoratning kuchaytirilishi fuqaro erkinligini cheklash bilan barobar ekani ilgari surilmoqda.
Yevropa İttifoqiga a’zo davlat rahbarlari bundan tashqari, Yevropa İttifoqining moliyaviy ahvoli hamda evro hududining kelajagini muhokama qilmoqchi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar