İsroil askarlari Falastinlik arablarga kun bermayotir...

Falastin Asirlar jamiyati ma’lum qilishicha, bosqinlar paytida G’arbiy Sheriyada 13 arab qo’lga olingan.

216695
İsroil askarlari Falastinlik arablarga kun bermayotir...

İsroil askarlari ohirgi paytlarda Falastin aholisining uylariga bosqin uyushtirishni odatga aylantirdi.
Bosqinlar paytida G’arbiy Sheriyada 13 arab qo’lga olindi.
Falastin Asirlar jamiyati ma’lum qilishicha, İsroil askarlari qidiruvda bo’lgan ba’zi arablarning uylariga bosqin uyushtirgan.
Bosqinlar paytida El-Halil shahriga qarashli Bayt Amir hududida 7 nafar, Jenin shahrining turli hududlarida esa, 6 nafar Falastinlik arab qamoqqa olingan.
Ma’lumotga ko’ra, Falastin Asirlar jamiyati rahbari Emjed En-Nejjarning “El-Favvar” qochqinlar lageridagi uyiga ham bosqin uyushtirilgan va bosqin paytida Nejjarning onasi jismoniy qo’pol muomalaga duch kelgan.
Bu shaklda uyda tintuv o’tkazilgan.
İsroil askarlari ohirgi paytlarda tez-tez G’arbiy Sheriya va Quddusda Falastinlik arablarning uylariga bosqin uyushtirmoqda.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar