Tirikchilik dardida o’zga yurtlarga sayohat fojia bilan tugadi

Shimoliy Afrikadan Yevropaga otlangan 105 nafar noqonuniy immigrantni olib ketayotgan ulkan qayiq Lampedusa oroli yaqinlarida fojiaga uchradi.

215396
Tirikchilik dardida o’zga yurtlarga sayohat fojia bilan tugadi


Shimoliy Afrikadan Yevropaga otlangan 27 nafar noqonuniy immigrant O’rta Yer dengizida muzlab jon berdi.
İtaliya sohil xavfsizligi mutahassislari Liviyaga yaqin masofadagi Lampedusa oroli atrofida cho’kayotgan qayiqni sohilga olib chiqdi.
Ma’lum bo’lishicha, qayiqdagi jami 105 nafar noqonuniy immigrantdan 27 nafari Lampedusa oroliga olib ketilayotgan paytda yo’lda jon bergan, qolgan immigrantlar esa, kasalxonaga yotkizilgan.
Mutahassislarning aytishicha, dengizda kuchli  to’lqin 8 metr balandlikkacha ko’tarilgan, havo harorati esa, -0 darajani ko’rsatgan.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar