Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Misrga tashrif buyurdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin poytaxt Qohirada Misr Prezidenti Abdulfettah Es-Sisi tomonidan kutib olindi.

215446
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Misrga tashrif buyurdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 10 yil oradan so’ng Misrga rasmiy ziyorat amalga oshirdi.
Putin poytaxt Qohirada Misr Prezidenti Abdulfettah Es-Sisi tomonidan kutib olindi.
İkki davlat rahbari o’rtasida bo’lib o’tadigan uchrashuvlarda mintaqaviy va xalqaro masalalarning muhokama qilinishi kutilmoqda.
Qolaversa, Suriya va İroqdagi vaziyat, Falastin-İsroil masalasi, tabiiy gaz va atom sohasida hamkorlik hamda texnik, harbiy va tijoriy sohalarda hamkorlikni rivojlantirish kabi mavzular ko’zdan kechiriladi.
Misrga ohirgi marta 2005 yili safar qilgan Rossiya prezidentining bu safargi ziyorati 2 kun davom etishi kutilmoqda.
Misr Prezidenti Abdulfettah Es-Sisi 2014 yilning avgust oyida Rossiyaga tashrif buyurgan edi.
Tashrifi chog’ida, ikki davlat o’rtasida 3 milliard dollarlik qurol shartnomasi imzolangan edi.
Sisi bundan oldin bergan bayonotida, Misr bilan Amerika aloqalari strategik ahamiyatga ega ekanini bildirib, “Misr barcha davlatlar bilan teng munosabatda bo’lishga harakat qilyabdi. Rossiya bilan Misr aloqalari yangi emas va bu Amerika yoki boshqa davlatlar bilan bo’lgan munosabatlarimizga ta’sir ko’rsatmaydi”-degan edi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar