Zamalek-ENPPİ matchidan oldin urush chiqdi

Misr Futbol Ligasida oynagan Zamalek-ENPPİ matchidan oldin sodir bo’lgan voqealarda 25 kishi halok bo’ldi.

214700
Zamalek-ENPPİ matchidan oldin urush chiqdi

Poytaxt Qohirada, ENPPİ komandasi bilan match uchrashuvlari bo’lar ekan matchdan oldin, stadionga chiptasiz kirmoqchi bo’lgan Zamalek tarafdorlari militsiya xodimlari bilan to’qnashdi.

Ushbu to’qnashuvni to’xtatish maqsadida militsiya xodimlari ko’z yashartuvchi gaz siqar ekan, tiqilinch paydo bo’lgan. Tiqilinch natijasida 25 kishi halok bo’lar ekan bir nehca kishi jarohat ham olgan.

Jarohat olganlar orasida 20 kishining ahvoli og’ir deb xabar qilingan. Shu bois halok bolganlar sonining ortishidan xavotir olinmoqda.

Yuz bergan voqealarga qaramay bo’lib otgan match 1-1 bilan yakunlandi.

Shoshilinch ravishda yig’ilgan Misr hukumati, keyingi e’longa qadar liga matchlarini keyinga qoldirganligini ma’lum qildilar.

Misrning Port Said shahrida 2012-yili, al-Ahli va al-Misri komandalari ortasida bo’lib otgan futbol matchida yuz bergan voqealarda 74 kishi halok bo’lib, yuzlab kishilar jarohat olgan edi. Osha vaqtda, liga, bir yilgacha to’xtatib qo’yilgan edi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar