Nigeriyadagi umumiy saylov boshqa kunga qoldirildi

Nigeriya Mustaqil saylov komissiyasi ma’lum qilishicha, Boko Haram terror tashkilotining hujumlari sababli saylov joriy yilning 28 mart kuniga ko’chirilgan.

214795
Nigeriyadagi umumiy saylov boshqa kunga qoldirildi

Nigeriyada 14 fevral kuni o’tkazilishi rejalangan umumiy saylovlar hamda prezidentlik saylovlari xavfsizlik muammolari sababli qoldirildi.
Nigeriya mustaqil saylov komissiyasi ma’lum qilishicha, Boko Haram terror tashkilotining hujumlari sababli saylov joriy yilning 28 mart kuniga ko’chirilgan.
Mamlakat shimoli sharqida bir qancha qishloqni bosib olgan Boko Haram tashkiloti rasmiy raqamlarga ko’ra, 2009 yildan beri 13 mingdan ziyod aholini qirib tashladi.
Boko Haram nazoratida bo’lgan hududlarda saylov markazlarini tashkil qilish imkonsiz ekanini ma’lum qilgan Nigeriya hukumati notinchlik sababli boshqa joylarga ko’chib ketgan aholining saylovda ovoz berib yoki bermasligiga doir bayonot bermadi.
Nigeriya va qo’shni davlatlar Boko Haram terror tashkilotiga qarshi kurash uchun 8700 kishilik maxsus qo’shin tuzish bo’yicha kelishib oldi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar