Yevropa Kengashi deputatlar majlisi bilan Rossiya tangligi...

Yevropa Kengashi deputatlar majlisi Ukrainadagi xalqaro huquqni poymol qilish holatlariga yo’l qo’ygani uchun Rossiyaning ovoz berish va boshqaruv organlarida o’rin olish haqqini chekladi.

201109
Yevropa Kengashi deputatlar majlisi bilan Rossiya tangligi...

Yevropa Kengashi deputatlar majlisi bilan Rossiya o’rtasida kelishmovchilik…
Yevropa Kengashi deputatlar majlisi Ukrainadagi xalqaro huquqni poymol qilish holatlariga yo’l qo’ygani uchun Rossiyaning ovoz berish va boshqaruv organlarida o’rin olish haqqini chekladi.
Rossiya ham Yevropa Kengashi deputatlar majlisidagi faoliyatlarni joriy yil yakunigacha to’xtatganini ma’lum qildi.
Yevropa Kengashi deputatlar majlisi Qrim ishg’oli sababli Rossiya parlament vakillarining ovoz berish haqqini 2014 yil yakunigacha cheklagan edi.
Majlisda o’tkazilgan ovoz berish jarayonida, Ukrainadagi xalqaro huquqni oyoq osti qilish holatlari davom etgan taqdirda, Rossiyaning huquqini cheklash jarayonini yana aprel oyigacha uzaytirish to’g’risida qaror olindi.
Mazkur qarorga binoan, rus deputatlar a’zo davlatlardagi saylovlarga jo’natilgan kuzatuvchi hay’at tarkibiga kiritilmaydi va majlis nomidan boshqa davlatlarga xizmatga jo’natilmaydi.
Rossiya parlament hay’ati rahbarining aytishicha, ushbu uzaytirish qarori ruslarni Yevropa Kengashi deputatlar majlisidan bosh tortishga yetaklaydi.
U majlisdagi faoliyatlarni joriy yil yakunigacha boykot qilishlarini ma’lum qildi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar