Shimoliy Vaziristonda Tolibonga qarshi kurash ketmoqda

Pokiston Qurolli kuchlari ma’lum qilishicha, qabilalar makoni Shimoliy Vaziristonning Data Khel hududida Tolibonga tegishli 6 makonga havodan hujum qilingan.

199810
Shimoliy Vaziristonda Tolibonga qarshi kurash ketmoqda

Pokistonning shimoli g’arbida joylashgan Shimoliy Vaziriston viloyatida Tolibonga qarshi harbiy amaliyot o’tkazilmoqda.
Pokiston Qurolli kuchlari ma’lum qilishicha, qabilalar makoni Shimoliy Vaziristonning Data Khel hududida Tolibonga tegishli 6 makonga havodan hujum qilingan.
Bayonotga ko’ra, harbiy amaliyotlar paytida 63 jangari o’ldirilgan.
Bundan tashqari, portlovchi modda ortilgan 7 transport vositasi bilan birga ko’plab qurol-aslaha ombori yo’q qilingan.
Afg’oniston chegarasidagi Haydar hududida sodir qilingan havo hujumida esa, Tolibon himoyasidagi Leshker-i İslam terror tashkilotiga a’zo 10 jangari o’ldirilgan edi.
Pokiston Qurolli kuchlari tomonidan 15 iyundan beri Tolibonga qarshi yuritilgan harbiy amaliyotlarda hozirgacha tahminan 2200 jangari o’ldirildi.
Bombali hujum va qurolli to’qnashuvlarda 200dan ziyod askar halok bo’ldi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar