Yevropa İttifoqi Ukraina masalasi bo'yicha to'planadi

Yevropa İttifoqining tashqi ishlar bo’yicha oliy maslahatchisi Federica Mogherini Tashqi ishlar vazirlaridan 29 yanvar kuni Brusselda to’planishini talab qildi.

197245
Yevropa İttifoqi Ukraina masalasi bo'yicha to'planadi

Yevropa İttifoqiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Ukraina masalasi bo’yicha favqulodda to’planadi.
Yevropa İttifoqining tashqi ishlar bo’yicha oliy maslahatchisi Federica Mogherini rus tarafdorlarning Rossiya chegarasiga 60 km masofadagi port shahri Mariupolga qilgan roketa hujumi va ortidan avj olgan to’qnashuvlarni muhokama qilish maqsadida vazirlardan 29 yanvar kuni Brusselda to’planishini talab qildi.
Mogherini Rossiyadan bo’lginchilarga nisbatan o’z kuchini ko’rsatishini va ularga nisbatan harbiy, siyosiy va moddiy yordamni to’xtatishini talab qildi.
Mogherini Ukraina sharqida qurolli to’qnashuvlarning avj olishi Yevropa İttifoqi va Rossiya o’rtasidagi aloqalarga salbiy ta’sir ko’rsatishi haqida ogohlantirdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar