Rossiyadan Ukraina va Yevropaga tabiiy gaz oqimi...

Kecha Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev boshchiligida o’tkazilgan yig’ilishga Energiya vaziri Aleksandr Novak bilan Gazprom rahbari Aleksey Miller ishtirok etdi.

192213
Rossiyadan Ukraina va Yevropaga tabiiy gaz oqimi...

RossiyaUkraina va Yevropani tabiiy gaz bilan ta’minlash masalasini ko’zdan kechirdi.
Kecha Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev boshchiligida o’tkazilgan yig’ilishga Energiya vaziri Aleksandr Novak bilan Gazprom rahbari Aleksey Miller ham ishtirok etdi.
Mazkur yig’ilishda Medvedevga ma’lumot bergan Gazprom rahbari Aleksey Miller Ukraina bilan tuzilgan shartnomaning muddati 1 aprelda to’lishini va bundan keyingi sotilgan tabiiy gaz bahosi ming kuba metri 485 dollarga chiqarilishini ma’lum qildi.
Millerning aytishicha, Ukraina yanvar oyida 1 milliard kuba metr tabiiy gazning pulini oldindan to’ladi.
Shu sababli bugungacha Ukrainaga 600 million kuba metr tabiiy gaz berilgan.
Energiya vaziri Novak esa, Yevropa İttifoqi bilan tuzilgan tranzit gaz shartnomasining muddati 2019 yilda to’lishini eslatib, undan keyin Yevropaga tabiiy gaz berilishi Turkiya orqali amalga oshirilishini ifoda etdi.
Novak: “Shu sababli Yevropalik hamkorlarimizga bunga zamin tayyorlashini tavsiya qildik”-dedi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar