Kim shafqatsizroq? G’arb davlatlarimi yoki İslom dunyosi?

Yurgen Todenhyofer: “Zo’ravonlik aloqasiga ko’z yugurtib chiqishlik islom dinining emas, balki, G’arb davlatlarining ishidir” dedi.

191649
Kim shafqatsizroq? G’arb davlatlarimi yoki İslom dunyosi?

Germaniyalik terror mutaxassisi Yurgen Todenhyofer, oxirgi vaqtlarda sodir bo’lgan terror harakatidan G’arb davlatlarini ma’sul tutdi.

DEASh kitobi uchun material toplash maqsadida Suriya va Iroqga borgan Germaniyalik mutaxassis, G’arbning, islom dunyosidan yana da shafqatsizroq ekanligi haqidagi fikrini o’rtaga tashladi.

Todenhyofer, al-Qoida va DEASh kabi terror guruhlarining ortaga chiqishiga G’arb davlatlarining yo’l ochganligi fikrini ham qoshimchaladi.

Shuningdek, “Muammo islomda emas, muammo bizning urushlarimizdadir. G’arb sabab bo’lgan urushlar bolmaganida edi bugungi terrorrizm guruhlari tashkil topmagan bo’lar edi” dedi.

Terror mutaxassisi Todenhyofer, “Amerika Qo’shma Shtatlari Iroq ishg’oli orqali DEASh va undan oldingi terrorizm tashkilotlarini paydo qilganligini” ham ilgari surdi.

Todenhyofer, “Hech qanday Arap davlati, oxirgi 200 yil ichida G’arbga hujum qilmagan. Bin Ladinning al-Qoidasi 3 ming 500 kishini o’ldirdi. Jorj Bush esa, atiği bitta Iroq jangida 500 ming kishining o’limiga sabab bo’ldi” deya gapirdi.

Ushbu raqamlar orqali, oxirgi asrda, G’arbning yana da shafqatsizroq ekanligini tilga olgan Todenhyofer, “Zo’ravonlik aloqasiga ko’z yugirtib chiqishlik, islom dinining emas, balki, G’arb davlatlarining ishidir” dedi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar