Fransiyada terrorizmga qarshi xalqaro namoyish...

1 yarim million aholi to’plangan namoyishda 44 davlatning prezidentlari va hukumat rahbarlari ishtirok etdi.

181670
Fransiyada terrorizmga qarshi xalqaro namoyish...


Kecha Fransiyaning poytaxti Parijda terrorizmni qoralash maqsadida xalqaro namoyish o’tkazildi.
1 yarim million aholi to’plangan namoyishda 44 davlatning prezidentlari va hukumat rahbarlari ishtirok etdi.
Namoyishning old saflarida terror qurbonlarining oilalari davlat rahbarlari bilan qo’lma-qo’l yurib terrorizmni lanatladi.
Namoyishga Turkiyadan Bosh vazir Ahmet Davutog’lu ishtirok etdi.
Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida binolarning tomiga o’tkir merganlar joylashtirildi, 2000 politsiya xodimi bilan 1350 askar safarbar qilindi.
Ehtimoliy hujumlarni oldini olish maqsadida maxsus ratsiya jihozlari ishga solindi, aloqa tarmoqlari uzib qo’yildi.
Namoyish yakunida Fransiya Prezidenti Francous Hollande namoyishga tashrif buyurgan davlat rahbarlari bilan salomlashib, ko’rsatgan qo’llab quvvatlovi uchun minnatdorchilik bildirdi.
So’ngra namoyishchilar bilan birga xurmat ma’nosida sukut saqladi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar