Parijda hujum, o'q uzish, portlash

Frantsuz hukumati, yangi hujumlarga qarshi harbiy kuchlarga topshiriq berdi.

177770
Parijda hujum, o'q uzish, portlash

Parijdagi “Charli Hebdo” deb nomlangan satirik jurnali tahririyatiga qaratilgan hujumdan 3 kishi gumon qilinayotgan edi. Gumon qilinayotgan shaxslardan bittasi taslim bo’ldi.

Frantsuz militsiyasi, Said Kuashi bilan uning ukasi Sherif Kuashining, mamlakatning shimolida o’rnin olgan joyini aniqladi.

Frantsuz fuqarosi ekanliklari aniqlangan gumonlardan 18 yoshidagi Hamid Murad esa militsiyaga taslim bo’ldi.

Poytaxt Parijda, ushbu hujum tufayli 7 kishi nazoratga olindi.

Yana poytaxt Parijda, saharlab, bir militsiya xodimiga qarshi qurolli hujum uyushturildi.

Frantsiyaning Malakoff tumanida, yo’lda borayotgan bir avtomobildan, yo’ldagi bir guruh militsiya xodimiga qaratib ikki marotaba o’q uzildi. Natijada bir ayol militsiya xodimi halok bo’lar ekan, bir munitsipalitet xizmatchisi og’ir jarohat oldi.

Ushbu qurolli hujumning “Charli Hebdo” jurnali tahririyati bilan aloqasining bolib bolmaganligi esa belgisiz.

Shuningdek, Frantsiyaning shimoliy-sharqida joylashgan Vilfransh-syur-Saon shahridagi bir jome masjidiga yaqin joyda o’rin olgan kabob restorani oldida, portlash sodir boldi.

Portlash oqibatida, restoran, moddiy ziyon ko’rdi. Halok bo’lgan yoki jarohat olganlar yo’q.

Frantsuz hukumati, yangi hujumlarga qarshi harbiy kuchlarga topshiriq berdi.

Hujumlar tufayli mamlakatda bir kunlik motam e’lon qilinar ekan, Yevropa İttifoqi bayroqlarida motam sifatida tushirildi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar