Birlashgan Millatlar Tashkiloti Falastin loyihasini rad etdi.

Loyiha, Isroil ishg’ol etgan Falastin tuproqlarini tark etishi va poytaxt Sharqi Quddus bo’lgan mustaqil bir Falastin davlatining tuzilishini nazarda tutmoqda edi.

166579

Qaror loyihasi BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan rad etildi.
Loyihaning qabul etilishi uchun 9 BMT a’zosining himoya qilishi va doimiy a’zolardan har qanday biri veto etmasligi kerak edi.
Xitoy Rossiya, Frantsiya, Iordaniya, Chili, Argentina, Chad va Lyuksemburg, qabul ovozi berdi. Faqat loyihaning qabuli uchun kerakli 9 ovoz ta’min etila olmadi. AQSh loyihani veto etdi. Avstraliya qarshi ovoz berar ekan, Angliya, Litva, Nigeriya, Janubiy Koreya va Ruanda tarafsiz ovoz berdi.
Poytaxti Sharqiy Quddus bo’lgan mustaqil Falastin davlatining tuzilishini nazarda tutgan loyiha, Isroilni 1967 yilidagi chegaralariga qaytishi nazarda tutmoqda edi.
AQSh, loyihaga boshdan beri qarshi edi,muammoni muzokara yo’li bilan yechilishini istardi.

Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar