Germaniyadagi turklar ham Pegidaga qarshi namoyish uyushtiradi

Pegida, o'zlarini "G’arb islomiylashishiga qarshi vatanparvar yevropaliklar "deb ataydi...

164188
Germaniyadagi turklar ham Pegidaga qarshi namoyish uyushtiradi

Pegida deb nomlangan aksilislom guruhiga qarshi 2015-yilning 5-yanvari kuni Germaniyaning Koln shahrida namoyish uyushtiriladi.

Yevropali Turk demokratlar partiyasi raisi Suleyman Chelik, islomga qarshi uyushtirilgan harakatlar bilan kurashish uchun Germniyadagi siyosiy partiyalar bilan birga axborot vositalariga katta mas’uliyat tushganligini ifoda qildi.

Sulayman Chelik: “İslomga qarshilik ko’rsatishlik uchun tashkil etilgan Pegida guruhi, irqchilik qilyapdi. Ajnabiylar bilan muhojirlarga dushmanlik qilyapdi. Bu esa Yevropani judayam bezovta qilmoqda. Bu namoyishlar Yevropa qadriyatiga qarshidir” dedi.

Chelik, oxirgi vaqtlarda jome masjidlarga qaratilgan hujumlarning-da ortganligiga e’tiborlarni qaratdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar