Afg’oniston bilan Pokiston munosabatlarida yangi davr...

Pokiston Bosh vaziri Navaz Sherif bilan Afg’oniston Prezidenti Eshref Gani bir-biriga qarshi o’z davlat tuproqlaridan foydalanishga yo’l qo’ymaslikka qaror berdi.

158901
Afg’oniston bilan Pokiston munosabatlarida yangi davr...

Afg’oniston bilan Pokiston munosabatlarida yangi davr boshlandi.
Pokiston Bosh vaziri Navaz Sherif Afg’oniston Prezidenti Eshref Gani bilan bo’lgan uchrashuvida bir-biriga qarshi o’z davlat tuproqlaridan foydalanishga aslo yo’l qo’ymaslikka qaror berdi.
Pokiston Bosh vaziri Navaz Sherif parlamentda so’zga chiqib, Afg’onistonga qarshi mamlakat tuproqlaridan foydalanishga yo’l qo’ymasligini tilga oldi.
Afg’oniston bilan bo’lgan munosabatlarda yangi davr boshlanganiga e’tibor qaratgan Sherif, “Afg’oniston Prezidenti Eshref Gani Pokistonga tashrifi chog’ida yangi kitob yozilishini aytgan edi. Biz ham bu fursatdan foydalanishimiz kerak”-dedi.
Sherif terrorizmga qarshi kurash bo’yicha vaqtni qo’ldan boy bermaslik kerakligini, bunga doir qaror berish vaqti yetib kelganini bildirdi.
Yig’ilishda so’zga chiqqan İchki ishlar vaziri Chodri Hisar Ali Xon xavfsizlik xodimlari terrorizmga qarshi kurashda yetarlicha tajriba va ta’limga ega emasligini, 5000 xodim ishtirokida maxsus terrorizmga qarshi kurash kuchi tashkil qilinganini bildirdi.
Shuningdek, Shimoliy Vaziriston hududida yuritilgan Tolibonga qarshi harbiy amaliyotlarga 10 ming askar safarbar qilinganini bildirdi.
Harbiy Bosh shtab rahbari general Rahil Sherif bilan bir qatorda, milliy xavfsizlik tashkiloti rahbarlari ishtirokida bo’lib o’tayotgan yig’ilishda terrorizmga qarshi kurash uchun tuzilgan dastur rejasining tasdiqlanishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar