Germaniyadagi irqchi harakati tashvishga solmoqda

Muhojirlarning kelishi, Germaniya uchun katta imkon...

157689
Germaniyadagi irqchi harakati tashvishga solmoqda

O’zlarini “G’arb islomiylashishiga qarshi vatanparvar yevropaliklar” (Pegida) deb atagan bir guruh joriy yilning oktabr oyidan beri bir haftada bir marotaba namoyish uyushtirib kelyapdi. Namoyish Germaniyaning Drezden va Munih shaharlarida o’tkazilar ekan unga ishtirok etishni xohlaganlarning soni tobora ortib boryapdi.

Kecha, 22-dekabr kuni, kech vaqtlarda uyishtirilgan namoyishga 18 mingga yaqin namoyishchi toplangan.

Munih shahridagi namoyish maydoniga irqchilikga qarshi guruh ham toplangan bo’lib ular “Muhojirlar, xush kelibsiz” degan shior bilan chiqishgan.

Yuqorida atalgan “G’arb islomiylashishiga qarshi vatanparvar yevropaliklar” guruhi joriy yilning oktabr oyida Germaniyaning Drezden shahrida uyushtirilgan bo’lib ular boshlagan harakat qisqa vaqt mobaynida bir necha saharga yoyilib ketgan. Ayniqsa Sharqiy Germaniya mintaqasi tomonidan qollab-quvvatlanmoqda.

Germaniyada sol qanot siyosat tarafdorlari bilan birga Bosh vazir Angela Merkel va boshqa ong qanot siyosiylar ham muhojirlarning kelishini, aholi soni tobora ozayib borayotgan mamlakat uchun bir imkon ekanligi haqida so’z yuritib keladilar.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar