Bosh Vazir Ahmet Davuto’g’ili, Nechirvan Barzani bilan uchrashdi

Davuto’g’li, Shimoliy Iroqdagi mavjud vaziyat haqida ma’lumot oldi, mehmon hay’at esa Turkiyaning davom etgan himoyalari tufayli tashakkur etdi.

153415
Bosh Vazir Ahmet Davuto’g’ili, Nechirvan Barzani bilan uchrashdi

Bosh Vazir Ahmet Davuto’g’ili, Nechirvan Barzani bilan uchrashdi.
Bosh Vazirlik manbalaridan olingan ma’lumotga ko’ra, Davuto’g’li, Iroq Kurd Mintaqaviy Boshqaruvi Bosh Vaziri Nechirvan Barzanini bilan Istanbul Do’lmabahchedagi Bosh Vazirlik Faoliyat Ofisida uchrashdi.
Davuto’g’li, Shimoliy Iroqdagi mavjud vaziyat haqida ma’lumot oldi, mehmon hay’at esa Turkiyaning davom etgan himoyalari tufayli tashakkur etdi.
Iroq va Iroq Kurd Mintaqaviy Boshqaruvining xavfsizligi Turkiya uchun ahmiyatiga ishora qilgan Davuto’g’li, Turkiyaning hamkorlik va himoyasi ortib davom etadi deb aytdi. Bu doirada Iroqda markazi hukumat va Iroq Kurd Mintaqaviy Boshqaruvi orasidagi hamkorlikning kuchlanishidan mamnun ekanlarini bildirdi.
Davuto’g’li, Iroq Bosh Vaziri Haydar al- İbadining kelgusi hafta kutilgan safari amalga oshirilib Oliy Saviyali Strategik Hamkorlik yig’ilishi, Turkiya Iroq bilan aloqalariga katta hissa qo’shadi deb ta’kidladi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar