İnterpol Yusuf El-Karadavi ustidan qidiruv e’lon qildi

Misr va Qatar fuqarosi bo’lgan Yusuf El-Karadavi qastdan odam o’ldirishga tashabbus va bunga tashviq etish, mahbuslarning qamoqxonadan qochishiga yordam ko’rsatish, qastdan o’t qo’yish, davlat mulkiga zarar berish va o’g’rilik sodir qilganlikda ayblanmoqda.

139599
İnterpol Yusuf El-Karadavi ustidan qidiruv e’lon qildi

Xalqaro Politsiya tashkiloti İnterpol Misrning talabiga binoan, Jahon Musulmon olimlar uyushmasi rahbari Yusuf El-Karadavi ustidan xalqaro qidiruv e’lon qildi.
İnterpolning rasmiy internet saytida o’rin olgan qarorda, Misr va Qatar fuqarosi bo’lgan Yusuf El-Karadavi qastdan odam o’ldirishga tashabbus va bunga tashviq etish, mahbuslarning qamoqxonadan qochishiga yordam ko’rsatish, qastdan o’t qo’yish, davlat mulkiga zarar berish va o’g’rilik sodir qilganlikda ayblamoqda.
Mazkur qaror matnida 88 yoshda bo’lgan Karadavining 3 ta fotosurati o’rin olgan.
Qatarda istiqomat qilgan Karadavi Misrda to’ntarilgan Prezident Muhammad Mursiyni harbiy to’ntaruv bilan lavozimdan chetlatishga qarshi chiqqan edi va harbiy to’ntaruvga boshchilik qilgan general Abdulfettah Es-Sisini qattiq tanqid qilgan edi.
Misr sudi Karadaviga qo’yilgan ayblarni sabab qilib ko’rsatib, 2013 yilning dekabr oyida Karadavi ustidan xalqaro qidiruv e’lon qilish maqsadida İnterpolga murojaat qilgan edi.
İnterpol Misrning ushbu talabiga binoan, Musulmon qardoshlar tashkilotiga a’zo bo’lgan ko’plab shahslar ustidan xalqaro maydonda qidiruv e’lon qilgan edi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar