Pentagon:"Turkiya bilan ba’zi xususlarda fikrlar farqli"

Pentagonning fikricha, eng yaxshi chora İSHİDga qarshi kurashni kuchaytirishdir.

211231
Pentagon:"Turkiya bilan ba’zi xususlarda fikrlar farqli"

Amerika Qo’shma Shtatlari Suriyada uchish man qilingan havo maydoni tashkil qilishga qarshi chiqmoqda.
Oq Uy kotibi Josh Earnest “Bu bosqichda Suriya havo maydonini ta’qiqlashga ehtiyoj borligiga ishonmayman”-dedi.
Pentagon kotibi mayor Steve Warren, Turkiya bilan muzokaralar davom etishiga e’tibor qaratib, “Hozirda xavfsiz hudud tashkil qilish bilan Suriya shimolidagi insonlar ahvolini yengillatib bo’lmaydi”-dedi.
Pentagonning fikricha, eng yaxshi chora İSHİDga qarshi kurashni kuchaytirishdir.
AQSh kotibligi voizi Jen Psaki esa, xavfsiz hudud tashkil qilish bo’yicha hamon biron qarorga kelinmaganini ma’lum qildi.
Turkiya bu borada turlicha fikrlarni olg’a surganini eslatgan Psaki Turkiya bilan ba’zi xususlarda fikrlar farqli ekanini tilga oldi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar