BMTdan afg’on xalqi uchun yordam talabi…

BMT 2015 yili Afg’onistonga yordam berish maqsadida xalqaro hamjamiyatdan 405 million dollar mablag’ talab qildi.

206481
BMTdan afg’on xalqi uchun yordam talabi…


BMT 2015 yili Afg’onistonga yordam berish maqsadida xalqaro hamjamiyatdan 405 million dollar mablag’ talab qildi.
Bu mablag’ afg’on xalqining salomatlik, oziq-ovqat, toza ichimlik suvi va boshqa ehtiyojlari uchun sarf qilinadi.
Bu yil Afg’onistonning turli hududlarida urushlar tufayli 100 ming aholi uylarini tashlab ketishga majbur bo’lar ekan, 8 ming aholi hukumatga qarshi guruhlarning hujumlarida qurbon bo’lgani ma’lum qilindi.
To’qnashuvlar avj olgan taqdirda, yana ham ko’proq yordamga ehtiyoj bo’lishi mumkinligi aytilmoqda.
Tahminan 1.2 million bola och bo’lgan Afg’onistonda 500 bolaning turli kasalliklar tufayli olamdan o’tgani, 4 ming atrofida afg’on oila turli lagerlarda chodirlarda yashayotgani ifoda etildi.
BMT Afg’onistondagi insonparvarlik yordamlarining davom etishi uchun xalqaro hamjamiyatda o’tgan yili 406 million dollar talab qilgan edi, lekin bu raqamning faqatgina 63%i to'plangan edi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar