Rossiya Abxaziya bilan hamkorlik qilmoqchi...

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Gruziyadan ajralib bir tomonlama mustaqillik e’lon qilgan Abxaziya Bosh vaziri Raul Hajimba bilan uchrashadi.

203338
Rossiya Abxaziya bilan hamkorlik qilmoqchi...

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Gruziyadan ajralib bir tomonlama mustaqillik e’lon qilgan Abxaziya Bosh vaziri Raul Hajimba bilan uchrashmoqchi.
Kreml matbuot markazi ma’lum qilishicha, Putinning taklifiga binoan Sochi shahrida amalga oshiriladigan uchrashuvda mintaqaviy xavfsizlik bo’yicha hamkorlik yo’lga qo’yish masalasi va o’zaro aloqalar ko’zdan kechiriladi.
Uchrashuv chog’ida Rossiya bilan bo’lingan Abxaziya Respublikasi o’rtasida “İttifoq va strategik hamkorlik” shartnomasi imzolanishi rejalanmoqda.
Gruziya esa, shartnomaga e’tiroz bildirmoqda.
Gruziya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan qilingan yozma izohda, Abxaziya Gruziyaning bir parchasi ekanligi ma’lum qilinib, mazkur shartnomaning imzolanish ehtimolidan havotirda ekanligi ta’kidlandi.
Gruziya hukumati tomonidan amalga oshirilgan faol tashabbuslarga qaramasdan, Rossiya bilan siyosiy jihatdan hech qanday o’zgarish kuzatilmagani ma’lum qilindi.
Rossiya hukumatining Gruziya bilan aloqalarni rivojlantirish maqsadida yuritgan tashabbuslari bir-biriga to’g’ri kelmagani ta’kidlandi.
İzohda, “Gruziya aslo bu ishg’olni qabul qilmaydi. Bu haqda xalqaro hamkor davlatlarga xabar beriladi va haq va huquqlarini ishga soladi”-degan ifodalarga o’rin berildi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar